» » “O‘zbekkonsert” rahbari: Prezident Shavkat Mirziyoyev san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas (video)

“O‘zbekkonsert” rahbari: Prezident Shavkat Mirziyoyev san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas (video)


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkonsert” rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i bilan bog‘liq muammoli vaziyatga oydinlik kiritdi.

Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i Zo‘r TV kanali bilan tayyorlangan loyiha sifatida efirga berildi. Bu qo‘shiq Badiiy kengashga topshirilmagan. Biz qo‘shiq aytsin, yoki aytmasin demaymiz. Lekin bir narsani to‘g‘ri tushunishlari kerakki, Prezident san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi, amaliy ishlar natijasida Prezidentimizni nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun dunyo tan olmoqda. Prezidentimiz faoliyatlarini boshlagan dastlabki vaqtlarning o‘zida ham “Bo‘ldi endi, maqtash bo‘lmaydi, endi amaliy ishlarga o‘taylik”, degan fikrlarni aytgan.

Biz Jahongir Poziljonovga hozir indamasak, yaxshi ko‘rinishga harakat qilib ikkinchi, uchinchi shunday qo‘shiqni aytishi mumkin. Qarabsizki, tashqarida tirnoq ichidan kir qidiradigan o‘nlab jurnalistlar “Hukumat Prezident haqida qo‘shiq ayt deb topshiriq berdi”, deb maqolalar chiqara boshlaydi. Xudoga shukr, butun dunyo hamjamiyati bizga tan bermoqda. Prezidentga yaxshi ko‘rinmoqchi bo‘lsak, chin yurakdan Vatan uchun, xalq uchun xizmat qilib, Prezident tomonidan olib borilayotgan islohotlarga o‘zimizni qaysidir joyda bo‘lsa ham hissamizni qo‘shaylik.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют