» » “O‘zbekkonsert”: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist jonli ijroda kuylay olmagani sabab, davlat tadbirida ishtirok etishdan bosh tortdi (video)

“O‘zbekkonsert”: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist jonli ijroda kuylay olmagani sabab, davlat tadbirida ishtirok etishdan bosh tortdi (video)


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov jonli ijroda bo‘lib o‘tgan davlat tadbirlarida jonli kuylay olmasligini bilgan ayrim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artislar tadbirdan bosh tortgani haqida gapirib berdi.

Eng achinarlisi holat shundaki, jonli ijroda bo‘lib o‘tgan davlat tadbirlarimizga tayyorgarlik jarayonlarida, ayrim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist yoki estrada xonandalarimiz tadbir jonli ijroda ekanligini bilib, davlat tadbirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Chunki ular jonli ijroda kuylay olmasligini bildi. Shuning uchun ham biz 100% jonli ijroga o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют