» » “O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon, Feruza Jumaniyozova, Asilbek Nig‘matov hamda Tohir Usmonovlarning litsenziyasini olib qo‘ydi

“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon, Feruza Jumaniyozova, Asilbek Nig‘matov hamda Tohir Usmonovlarning litsenziyasini olib qo‘ydi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muassasa rahbariyati, san’atkorlar, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bir necha marta ogohlantirishlarga qaramasdan, yig‘ilishga sababsiz kelmagan bir guruh xonandalarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yildi.

“Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilishda bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, sababsiz kelmagani uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sanjar Rahimov (Sardor Rahimxon), “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova, estarada xonandalari Asilbek Nig‘matov hamda Tohir Usmonovlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 31-may kunidan to‘xtatilsin.

Odilxo‘ja Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют