» » Xonanda Dilso‘z: Biz ijod uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Faqat to‘y orqali (video)

Xonanda Dilso‘z: Biz ijod uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Faqat to‘y orqali (video)


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabariga ko‘ra, tadbirda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan.

Yig‘ilishdan so‘ng “Davr”ga intervyu bergan xonanda Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova) ijod uchun juda katta mablag‘ sarflanishini aytib, daromad manbasi faqat to‘y ekanini tan olgan.

Biz yosh san’atkorlar ijod qilishimiz uchun, qo‘shiqni yozdirish, klip oldirish, rotatsiya qilish uchun, kiyimimizdan tortib soch turmagimizgacha juda katta mablag‘ sarflanadi. Biz san’atkorlar bu maqsadlar uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Albatta, faqat to‘y orqali topiladi.

Dilso‘z, xonanda

Qayd etish joiz, yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “bitta to‘yda faqat bir san’atkor qatnashsin” degan qoida amalga kiradigan bo‘lsa, san’atkorlar ishsiz qolishidan ogohlantirgan. O‘zbekiston madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov esa san’atkorlarning to‘ylardagi ishtiroki qisqartiriladigan bo‘lsa, ularning mualliflik huquqi ortidan daromad olish imkoniyatlarini oshirish kerakligi haqida gapirgan.

Mavzuga doir: Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют