» » Sanksiyalar tufayli Venesuela 350 mlrd dollargacha yo‘qotdi

Sanksiyalar tufayli Venesuela 350 mlrd dollargacha yo‘qotdi


G‘arb davlatlari tomonidan sanksiyalar joriy etilganidan beri Venesuela iqtisodiyoti 350 milliard dollargacha yo‘qotdi. Bu haqda Lotin Amerikasi geosiyosat bo‘yicha strategik markazi hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ekspertlarga ko‘ra, aynan G‘arb davlatlarining iqtisodiy cheklovlari mamlakatdagi iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lgan. Moliyaviy jihatdan yakkalanish tufayli Venesuela har yili 22,5 milliard dollar yo‘qotmoqda.

Maduro hokimiyatga kelgan 2013-yildan 2017-yilgacha mamlakatning umumiy yo‘qotishlari 260 milliardan 350 milliard dollargachani tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, AQSh Venesuelaga qarshi 2014-yilda, Yevroittifoq esa 2017-yilda sanksiyalar joriy etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют