» » Pentagon rahbari Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi

Pentagon rahbari Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi


11-fevral kuni AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi, deya xabar beradi “LigaNovosti”.

Afg‘onistonda u yuqori martabali harbiylar va afg‘on amaldorlari bilan uchrashadi.

Pentagon rahbari jurnalistlarga Afg‘oniston rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida Tolibonlar bilan tinchlik o‘rnatish zarurligini alohida ta’kidlamoqchi ekanini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Shanaxan Oq uydan Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarini sonini hozirgi 14 mingdan qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma olmaganini qayd etgan.

Afg‘oniston rahbarlarining bir qismi Tolibonlar bilan tinchlik bitimiga qarshi chiqmoqda, Tolibonlar esa shu paytgacha hukumat bilan Qobulda muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

Avvalroq, Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi urushga har yili 50 milliard AQSh dollar sarflaganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют