» » “Paxatkor” va OKMK bugun OChL guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi

“Paxatkor” va OKMK bugun OChL guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi


12-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining saralash bosqichi doirasida O‘zbekistonning ikki klubi o‘z ishtirokini boshlaydi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi Iroqning “Al-Quva Al-Joviya” jamoasi (“Eyr Fors”) bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” bu mavsum o‘z tarixida 15-marta OChLda ishtirok etadi. Jamoa 2002/03 hamda 2004-yilgi mavsumlarda yarim finalga qadar yetib borgan.

Iroq klubi esa mazkur musobaqada 4-bor ishtirok etmoqda.

Shu kuni Toshkent viloyatining OKMK klubi Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga 16:00 da start beriladi.

OKMK futbol klubi 2018-yil O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Istiqlol” jamoasi esa Tojikiston milliy chempionatida ketma-ket 7 marta go‘liblikni qo‘lga kiritgan. Bu klub ham OChLda debyut o‘yinini o‘tkazadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi—2019

Ikkinchi saralash bosqichi

12-fevral, seshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют