» » Qarshidagi “Vatanparvarlar bog‘i” Janubiy Koreya tajribasi asosida bunyod etilmoqda (foto)

Qarshidagi “Vatanparvarlar bog‘i” Janubiy Koreya tajribasi asosida bunyod etilmoqda (foto)


Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvarlar bog‘i”da Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, viloyat Yoshlar ittifoqi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar, viloyat faollari va mahalliy aholi vakillari ham qatnashdi.

“Bog‘dagi muzeyni boyitish uchun maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular Janubiy Koreyaning yetakchi va boy tajribaga ega bo‘lgan muzeylaridan tajriba olib keldi. Eng so‘nggi innovatsion texnologiyalar asosida bog‘ va muzey zamonaviy ko‘rinish kasb etadi. Kelgusida Amir Temur g‘ori maketini ham yasash niyatimiz bor. Bu borada ham ishga kirishilgan. Shuningdek, Amir Temur va Boyazid o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Loy jangi” sahnasi ham bog‘da aks ettiriladi”, — deydi Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, respublikaning barcha viloyatlarida bu kabi bog‘lar bunyod etilishi rejalashtirilgan, bunda aynan Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i” namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Qariyb 7 gektar hududni egallagan “Vatanparvarlar bog‘i”da 2018—2019-yillarda 29,3 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallangan.

Hozirda Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan, turli yillarda xizmat qilgan 24 ta harbiy texnika maketi bog‘ hududi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

“Vatanparvarlar bog‘i”ning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq joriy yilning mart oyiga qadar bog‘ hududiga bepul “Wi-Fi” o‘rnatilishi hamda kutubxonalar bunyod etilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют