WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Iroqdagi to‘yda yuz bergan ketma-ket portlashlar natijasida 30 kishi halok bo‘ldi
Iroqdagi to‘yda yuz bergan ketma-ket portlashlar natijasida 30 kishi halok bo‘ldi
Iroq shimolidagi Tikrit shahri tashqarisida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimi chog‘ida ketma-ket bir necha marta portlashlar yuz berdi, natijada kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jabrlandi, deb yozadi “TASS” DPA agentligiga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ikki marta portlash qayd etilgan, “As-Sumariya” telekanali esa to‘rt terrorchi bittadan xudkushlik kamarini harakatga keltirganini ta’kidlamoqda.
Hodisa Tikritdan shimolda joylashgan Xajaj qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Mamlakatda faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlaridan hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
6)
(
0)
(
5)
(
1)





- отсутствуют
