» » Filippinda bir oyda 70 kishi qizamiq epidemiyasidan vafot etdi

Filippinda bir oyda 70 kishi qizamiq epidemiyasidan vafot etdi


Filippinda bir oyda 70 dan ortiq kishi qizamiq epidemiyasidan vafot etdi, ularning aksariyati bolalar, deb xabar berdi “Interfaks”.

Xabarda aytilishicha, yanvar oyida mamlakatda 4302 ta qizamiq bilan og‘rish holatlari qayd etilgan. Mamlakat poytaxti hududida, shuningdek, Visay orollarida murakkab epidemiya holati kuzatilmoqda.

Emlashga salbiy munosabatda bo‘lish kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Emlashdan voz kechishga 2018-yil boshida Denge kasalligi haqidagi mojarolar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘sha vaqtda vaksina bolalarda jiddiy kasallik keltirib chiqaradi degan fikrlar tarqalgan. Biroq bu xabar o‘z isbotini topmagan.

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, Filippinda 55 foiz aholi emlangan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 15 foizga kam. Qizamiq tarqalmasligi uchun aholining 95 foizi emlanishi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют