» » 41 yoshli Janluiji Buffonning YChLdagi “quruq” o‘yinlari 50 taga yetdi

41 yoshli Janluiji Buffonning YChLdagi “quruq” o‘yinlari 50 taga yetdi


PSJ darvozaboni Janluiji Buffon Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (2:0).

41 yoshli italiyalik musobaqaning final bosqichlarida 50 ta quruq o‘yin o‘tkazgan tarixdagi 3-darvozabon bo‘ldi (jami 121 ta uchrashuv o‘tkazgan). Bu haqda UEFAning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Bu borada “Portu” darvozaboni Iker Kasilyas rekordchi hisoblanadi. Ispaniyalik darvozabon jami 174 ta uchrashuvda maydonga tushib, 57 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ikkinchi o‘rinni esa “Manchester Yunayted” sobiq darvozaboni Edvin van der Sar egallab turibdi. Uning hisobida 51 ta quruq o‘yin mavjud (98).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют