» » Afsonaviy darvozabon Iker Kasilyas faoliyatidagi 1000-o‘yinni o‘tkazdi

Afsonaviy darvozabon Iker Kasilyas faoliyatidagi 1000-o‘yinni o‘tkazdi


“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas “Belenensesh”ga qarshi Portugaliya chempionatining 28-tur uchrashuvida (2:0) to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

36 yoshli ispaniyalik posbon uchun bu bahs faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi.

U bu natijaga erishgan Rauldan keyingi ikkinchi ispaniyalik o‘yinchiga aylandi. Darvozabon “Real” safida 725 ta, “Portu”da 108 ta, Ispaniya terma jamoasida esa 167 ta uchrashuv o‘tkazdi. Kasilyas 385 ta bahsda gol o‘tkazmay, darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozabon 2015-yildan beri “Portu” darvozasini qo‘riqlamoqda. Joriy mavsum Iker Portugaliya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют