» » Futbolchilari talash bo‘lgan “Monako” 2 ochko yo‘qotdi. Iker Kasilyas ilk turdayoq 3 ta gol o‘tkazdi

Futbolchilari talash bo‘lgan “Monako” 2 ochko yo‘qotdi. Iker Kasilyas ilk turdayoq 3 ta gol o‘tkazdi


Chempionlar Ligasining so‘nggi mavsumida yarim finalga qadar yetib kelgan va katta sensatsiya ko‘targan Fransiyaning “Monako” klubi, bu safargi ishtirokini durang bilan boshladi.

So‘nggi mavsum Bundesligada katta sensatsiya qilib, undagi debyutidayoq kumush medallarga ega chiqqan “Leytpsig”ning “Monako”ga qarshi o‘yini 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Mehmonlar mezbonlarning goliga 1 daqiqa ichida javob qaytara oldi.

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi esa Portugaliyadan 3 ochko bilan qaytdi. Pepe, Alvaro Negredo kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan turk klubi, 3 ochko olish uchun Iker Kasilyas darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.

26-sentabr kuni “Monako” uz uyida “Portu”ni qabul qiladi. Bundesliga vakili esa Turkiyaga keladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“G” guruhi. 1-tur
13-sentabr, chorshanba

Gollar: Emil Forsberg, 33 (1:0). Yuri Tilemans, 34 (1:1).

Gollar: Taliska, 13 (0:1). Dushko Toshich, 21-avt (1:1). Jenk Tosun, 28 (1:2). Rayan Babel, 86 (1:3).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют