» » “PSJ” Chempionlar ligasi yarim finaligacha kelgan “Monako”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi

“PSJ” Chempionlar ligasi yarim finaligacha kelgan “Monako”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi


Unai Emeri boshchilik qiladigan “PSJ” klubi Fransiya kubogining finaliga yo‘llanma oldi.

Yarim finalda parijliklar chempionatdagi asosiy raqib — “Monako” bilan to‘qnash keldi va 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Qayd etish kerak, ichki birinchilikda har ikki klub 80 tadan ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Farqi, “Monako” bitta kam o‘yin o‘tkazgan.

Yarim finalning ikkinchi juftligida “Anje” klubi “Gengam”dan ustun keldi — 2:0.

Ma’lumot uchun, “PSJ” va “Monako” mamlakat Liga kubogining finalida to‘qnash kelishgandi va o‘yinda parijliklar 4:1 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqqandi.

Chempionlar ligasida “PSJ” 1/8 finaldanoq chiqib ketgan bo‘lsa, “Monako” yarim finalga yo‘llanma olgan va “Yuventus”ga raqib bo‘lgan.

Fransiya kubogi
Yarim final
26-aprel, chorshanba

Gollar: Yulian Draksler, 26 (1:0). Edinson Kavani, 31 (2:0). Safvan Mbaye, 50-avt (3:0). Blez Matyuidi, 52 (4:0). Markinyos, 90 (5:0).

Опубликовано: admin (27-04-2017, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют