» » Essiz, yoshligim husnbuzarlar bilan o’tmoqda

Essiz, yoshligim husnbuzarlar bilan o’tmoqda


Husnbuzarlar har qanday insonni tushkunlikka tushirishi aniq. Biroq bu vaqtinchalik muammo va ko‘p hollarda undan mustaqil davolanish orqali xalos bo‘lish mumkin.

Ammo husnbuzarlardan xalos bo‘lgandan keyin qoladigan dog‘ yoki yara izlari kabi asoratlar doimiy bo‘lib qolishi mumkin.

Chandiq va yara izlarining o‘lchami to‘g‘ridan to‘g‘ri husnbuzarlarning o‘lchami va ulardan qanday xalos bo‘lganingizga bog‘liq. Agar yallig‘lanishga qarshi muolaja mustaqil ravishda, teriga zarar yetkazilmagan holda bajarilgan bo‘lsa, unda yallig‘lanish joylarida bir necha kun mobaynida yo‘qolib ketadigan kichik dog‘lar paydo bo‘ladi.

Yuzdagi yog‘ bezlarining faoliyati o‘smirlik davrida kuchayadi. Shu tufayli o‘smirlik davrida husnbuzarlar chiqishi yuqori bo‘ladi. Bu davrning o‘ziga xosligini hisobga olganda, husnbuzar kishining ruhiyatiga ta’sir etadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga ham olib keladi.

“Hammaga salom. Men 18 yoshdaman. Mening yuzimdagi husnbuzarlar asosan ikki jag‘ yuzim oldida katta bo‘lib, meni qo‘rqinchli odamga o‘xshatib ko‘rsatmoqda. Hozir yana yuzimda ko‘paygan. Men qanday qilib bunday holda yashashni bilmayman. O‘tgan yilgi Instagram’dagi suratimni ko‘rib hayron qoldim. U yerda yuzim atigi uchta to‘rtta husnbuzar, hozir esa ularning soni elliktacha. Kundan kunga ularning soni oshmoqda. Ularning juda yirikligi meni ham, yaqinlarimni ham hovotirga solmoqda. Yana mening ko‘zim tagida ham akne (yirik husnbuzar) paydo bo‘layapti. Har doim o‘zimni bularning bari yo‘qolib ketadi deb ishontirishga harakat qilsamda, ular aslo daf bo‘lmayapti. Men hali yoshman. Bu husnbuzarlar umrimni zaharlamoqda. Men o‘zimni biochiqindi deb hisoblamoqdaman. Hali oila qurishim ham kerak. Menga bu ahvolimda kim ham qarardi.”

Yuqoridagi gaplar bizga husnbuzar muammosi bilan murojaat qilgan bemorimizning siqilganidan aytgan gaplari edi. Albatta, undagi husnbuzarlarni davolash mumkin.

Keling shunday vaziyatlarda qanday vositalardan foydalanish maqbul ekani haqida gaplashamiz. Avval aytanimizdek, kompleks davolash usulidan foydalanish kerak. Biokon mahsulotlari bizga yuzdagi muammolardan xalos bo‘lish uchun yordamga keladi.

Yog‘li teriga qarshi emulsiya BIOKON kun davomida amal qiladi. Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida yog‘ bezlarining yuqori faolligidan kelib chiqadigan terining yallig‘lanishini kamaytiradi.

Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida emulsiya yog‘li bezlarning yuqori faolligidan kelib chiqqan terining yog‘li holatini pasaytiradi. Surilganda terining nafas olishini yopib qo‘ymaydi, terini haddan tashqari quritib yubormaydi.

Bu terini toza va silliq qiladi. Glyukoza ionlari, ularning antibakterial xususiyatlariga ko‘ra, terini yallig‘lanishdan, akne va qora dog‘larni paydo bo‘lishidan himoya qiladi.

Sink va salisilik kislota teridagi teshiklarni kamaytiradi, yog‘li teri kamchiliklarini bartaraf etadi va yangi muammolar paydo bo‘lishining oldini oladi. Aloe va pantenol terini namlantirib qizarishni kamaytiradi.

Ertalab va yoki kechqurun tozalangan yuzga yupqa qatlam bilan oz-ozdan suriladi. Makiyaj uchun ham juda mos.

Biokon Anti-Acne Active husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi. Ushbu kremi yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari ushbu sifatli krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Ushbu kremdan foydalanganda organizm unga o‘rganib qolmaydi va o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi, teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi.

U nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi.

Foydalanish muddati 3 haftadan 8 haftagacha bo‘lishi lozim. Toza yuvilgan yuzga ma’lum (yallig‘lanishni boshlagan) nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi.

Biokon “Muammoli Teri” aktiv-kremi — husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya’ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikning eng samarador usuli hisoblanadi.

Uning tarkibidagi aktiv komponentlar va ionli kumush moddasi yallig‘langan yuz terisini quruqlashtiradi, yuzdagi ixtiyoriy o‘zgarishlarni oldini oladi, yuzni yanada tiniqlashtiradi.

Aktiv-krem tarkibidagi Pentanol moddasi esa shikastlangan teri qatlamini qaytadan tiklaydi va teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi. Kremdan doimiy va rejali qo‘llanish keyinchalik yuz qatlamingizda husnbuzarlarning butkul yo‘q bo‘lib, chiqmay ketishini ta’minlaydi.

Qo‘llanilishi: Ertalab va kechqurun toza yuz qatlamiga singib ketguncha asta-sekin aylanma usulda suriladi. Undan 3-10 hafta davomida rejali kurs asosida foydalanish lozim.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 15:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют