» » Farg‘onadan topilgan dinozavr qoldiqlari, Toshkentga kelgan Burak O‘zchivit, O‘zbekistonning ilk yevrobondlari va kunning boshqa muhim xabarlari

Farg‘onadan topilgan dinozavr qoldiqlari, Toshkentga kelgan Burak O‘zchivit, O‘zbekistonning ilk yevrobondlari va kunning boshqa muhim xabarlari


14-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topilgani taxmin qilinmoqda.

Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasin aka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noan’anaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keldi.

***

“Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol — Burak O‘zchivit Toshkentga keldi.

U “Zo‘r Tv” telekanalida bir nechta ko‘rsatuvlarda ishtirok etdi, o‘zbekistonlik san’atkorlar bilan muloqot qildi.

***

O‘zbekiston tarixda birinchi 1 mlrd dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi.

O‘zbekiston mustaqil tarixida birinchi marta 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi.

***

Qo‘qonlik yigitning yirtilgan dollarlari butuniga almashtirib berildi.

13-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda qo‘qonlik yigit konvert orqali o‘ziga kelgan AQSh dollarini ehtiyotsizligi oqibatida yirtib qo‘ygani aks etgan rasm muhokamaga aylangan edi.

***

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan hech qanday bosim o‘tkazilmaganini ma’lum qildi.

14-fevral kuni Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov “onasi bosim ostida qolib, gipertonik inqirozgacha olib borilgani, uning yoniga shifokorlar kirgizilmagani haqida Instagram-sahifasida xabar yozib qoldirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют