» » Buyuk Xitoy devori katta muzli tepalikka aylandi (video)

Buyuk Xitoy devori katta muzli tepalikka aylandi (video)


Buyuk Xitoy devori yo‘llarida kuchli qor yog‘ishi sababli xavfli muz qatlami paydo bo‘lib, bu diqqatga sazovor joyga tashrif buyurishni qiyinlashtirmoqda. Bu haqda Metro xabar berdi.

Guvohlar devor bo‘ylab sirg‘anib ketayotgan sayyohlarni videoga olgan. Unda tashrif buyurganlardan biri toshli qiyalikdan pastga sirpanib, muzlab qolgan chorqirra toshda o‘tirgan dugonasiga kelib urilgani aks etgan. Keyingi kadrda esa bir necha sayyohlarning tutqichni ushlab diqqatga sazovor joyga ko‘tarilishga urinayotgani tasvirlangan. Biroq ba’zi sayyohlar tizzalagan holda yiqilib, emaklab tepaga ko‘tarilishga harakat qilgan.

2018-yil avgustida Airbnb turar-joyni onlayn bronlash xizmati o‘z mijozlariga Buyuk Xitoy devori minoralaridan birida tunab qolish imkoniyati borligini, buning uchun maxsus qulay xona jihozlanishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют