» » O‘zbekiston urbanizatsiya bo‘yicha 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston urbanizatsiya bo‘yicha 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi


Birlashgan Millatlar tashkiloti xalqaro reyting ko‘rsatkichiga ko‘ra, O‘zbekiston 2018-yilda urbanizatsiya darajasi bo‘yicha 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bugun O‘zbekiston aholisining 50,6 foizi shaharlarda yashaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida Iqtisodiyot va sanoat hamda Qurilish vazirliklari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, barqaror rivojlanishning urbanizatsiya jarayonini faollashtirish maqsadida davlat rahbarining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida vazifalar belgilangan. Jumladan, mamlakatda urbanizatsiya darajasini 2030-yilgacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Prezidentning 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi tashkil qilindi.

Mazkur agentlik mamlakatda urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilotdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 134) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют