» » O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi


Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Farmon bilan mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:

yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют