» » Hyundai aprelda Qozog‘istonda zavod qurishni boshlaydi

Hyundai aprelda Qozog‘istonda zavod qurishni boshlaydi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Astana Group egasi Nurlan Smagulov bilan uchrashdi, deya xabar beradi “Sputnik”.

Uchrashuvda tadbirkor “Astana Motors” kompaniyasi tomonidan Olmaota shahrida Hyundai yengil avtomobillarini ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi boshlanganligi haqida gapirib bergan.

“Bizning kompaniya 27 yoshda, doim bizdan nega avtomobil ishlab chiqarmasligimiz haqida so‘ralgan. 6 yil oldin biz Hyundai yuk mashinalari va avtobuslarini yig‘adigan birinchi zavodni barpo qildik. Hyundai County avtobusi bilan biz 51% ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga erishdik va bu avtomobilni Rossiya, Belarus va Tojikistonga eksport qilmoqda. Shu yo‘l bilan biz avtomobil sanoatida tajriba ortirdik”, — deydi u.

Smagulovning so‘zlariga ko‘ra, zavod 2019-yilning aprelida qurilishi boshlanadi, hozir esa hujjatlar va bitimlar tayyorlanmoqda.

2020-yil yanvarida ular yirik uzelli yig‘ishni rejalashtirmoqda, kelgusi yilning o‘rtalarida esa Hyundai Accent va Hyundai Creta majmuasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют