» » Qashqadaryo XTB sobiq rahbari “Daryo” xabariga javoban lavozimini tark etish sababini ma’lum qildi

Qashqadaryo XTB sobiq rahbari “Daryo” xabariga javoban lavozimini tark etish sababini ma’lum qildi


“Daryo”da Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlanganligi to‘g‘risidagi xabar chop etilgach, boshqarmaning sobiq boshlig‘i Laziz Xolov “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, xabarga e’tiroz bildirdi.

Laziz Xolov “Daryo” xabari so‘ngidagi tilga olingan jumlada boshqarma boshlig‘ining ayni shu sababga ko‘ra ishdan olinganligiga shama borligiga iddao qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Laziz Xolov e’tiroz bildirayotgan xabar so‘ngida 2018-yil internet saytlarida Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari faoliyatiga doir ko‘plab maqolalar chop etilganligi, maqolalarda umumta’lim maktablaridagi isitish tizimi, sifatsiz ko‘mir va o‘quvchilarning o‘z joniga qasd qilish holatlari tilga olinganligi aytib o‘tilgandi.

Sobiq boshliq “Daryo” muxbiriga e’tiroz bildirish barobarida lavozimini tark etish sababini ham ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Laziz Xolovga Qashqadaryo viloyat hokimligidan ish taklif etilganligi bois, boshqarma boshlig‘i xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga egallab turgan lavozimini tark etib, boshqa ishga o‘tish niyati borligini bildirgan. Vazir Sherzod Shermatov esa talabga javoban, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyevga boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchilik vakolatini topshirgan.

Bu haqda “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban, xalq ta’limi Vazirligi matbuot xizmati mas’uli Anvar Umarov boshqarmaning sobiq boshlig‘i haqiqatdan ham viloyat hokimligidan taklif qilingan ish sabab lavozimini tark etishi xususida vazirlikka ma’lum qilganligini tasdiqladi.

Avvalgi xabarimizda shuningdek, boshqarmaning sobiq boshlig‘i ayni damda viloyat hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishini davom ettirayotganini yozgandik. Laziz Xolovning qo‘shimcha qilishicha, mazkur lavozimda ishlayotganiga ham ikki oy muddat bo‘lgan. “Shu bois ham sobiq boshliq deyilganda Maqsud Panjiyev nazarda tutilishi kerak edi”, — deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Laziz Xolov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют