» » Angliya Kubogi 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Angliya Kubogi 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi


19-fevral, seshanba kuni Angliya Kubogi chorak final bahslarining juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Angliya Kubogi nimchorak finalida “Stemford Brij” stadionida “Chelsi”ni mag‘lub etgan Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Vulverhempton” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Manchester shahrining boshqa bir klubi “Siti” esa musobaqa yarim final yo‘llanmasi uchun “Suonsi”ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola shogirdlari nimchorak finalda Angliyaning 3-divizionida to‘p suradigan “Nyuport Kaunti”ni yirik hisobda mag‘lub etgandi (4:1).

Angliya Kubogi

1/4 final bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют