» » Saudiya shahzodasi 2 mingdan ortiq Pokiston fuqarosini ozod qildi

Saudiya shahzodasi 2 mingdan ortiq Pokiston fuqarosini ozod qildi


Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn Salmon 2107 nafar Pokiston fuqarosini ozod etish haqida buyruq berdi, deya xabar beradi “Azon.uz”.

Muhammad ibn Salmon Pokiston bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Islomobod shahriga kelgan.

Pokiston bosh vazirining so‘roviga ko‘ra Saudiya Arabistoni qirolligi shahzodasi Muhammad ibn Salmon Saudiya qamoqxonalaridagi 2107 nafar pokistonliklarni darhol ozod etish to‘g‘risida buyruq bergan.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshi Saudiya shahzodasiga minnatdorchiligini bildirar ekan, boshqa pokistonlik mahbuslarning ham ishi ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют