» » Pastdarg‘omda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Pastdarg‘omda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi


19-fevral kuni soat taxminan 6:00 atrofida Pastdarg‘om tumani “To‘qboy” mahallasida yashagan, 1978-yilda tug‘ilgan Zohidjon Qobilov va uning turmush o‘rtog‘i, 1980-yilda tug‘ilgan Zebo Qarshiyeva yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Pastdarg‘om tuman Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda tumanda 2 ta is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Natijada 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 4 nafar fuqaro jabrlangan.

Xususan, 2018-yilning 27-noyabr kuni soat 9:00 atrofida Pastdarg‘om tumani “Tinchlik” mahallasi yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan Nargiza Umurzoqova va uning tanishi 1984-yilda tug‘ulgan Dilshod Quldoshev yashash xonadoniga o‘rnatilgan “golland” isitish pechidan tabiiy gazning chala yonishi natijasida ajralib chiqqan is gazidan zaharlanib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning 2-dekabrdan 3-dekabr kuniga o‘tar kechasi soat 2:00 atrofida Pastdarg‘om tumani “Kamolot” mahallasida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan Sojida Usmonova va uning farzandlari 2009-yilda tug‘ilgan Dilnoza Bektoshova, 2012-yilda tug‘ilgan Parizoda Bektoshova, 2018-yilda tug‘ilgan Amina Qurbonova yashash xonadoniga o‘tin cho‘g‘idan ajralib chiqqan is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, tumanda 2018-yilda 4 ta gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Natijada 9 nafar inson halok bo‘lgan va 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohati olgan.

Pastdarg‘om tuman Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Isoqjon Abdullayevning ma’lum qilishicha, 2018-yilda ko‘p qavatli uylarda va aholi turar joylarida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshiruvlar davomida jami 672 ta kamchiliklar aniqlangan. Shulardan 108 ta ko‘p qavatli uylarda, 564 ta aholi turar joylarida aniqlangan bo‘lsa, 490 ta kamchiliklar o‘z joyida bartaraf etildi. Olib borilgan tekshiruvlar natijasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan va yong‘in nazorati organlarining yozma ko‘rsatmalarini bajarmayotgan 66 nafar rahbar, javobgar shaxslar va fuqarolar 4 million 883 ming 317 so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют