» » Kanadaning Galifaks shahridagi uyda yuz bergan yong‘inda 7 nafar bola halok bo‘ldi

Kanadaning Galifaks shahridagi uyda yuz bergan yong‘inda 7 nafar bola halok bo‘ldi


Kanadaning Galifaks shahridagi uyda yuz bergan yong‘inda 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Bolalarning barchasi bir oilaning farzandlari ekanligi aytilmoqda. Ularning kattasi 17 yosh, kichigi 3 oylik bo‘lgan. Ikki nafar katta yoshdagi odam — erkak va ayol kasalxonaga yetkazilgan.

Tongga yaqin uyning birinchi va ikkinchi qavatini qamrab olgan alanga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganidan so‘ng ko‘p o‘tmay bartaraf etilgan. Politsiya yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Kanadaning CTV telekanali gap Suriyadan kelgan oila haqida ketayotganini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют