» » Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari Dubay tajribasini o‘rganadi

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari Dubay tajribasini o‘rganadi


Prezident huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining 6 nafar mutaxassisi 20-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh ofisiga ilmiy amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yosh mutaxassislarning stajirovkasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, vazirlik qoshidagi Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mutaxassislarning yo‘l xarajatlari, xorijda yashash va kundalik ehtiyojlari uchun sarf-xarajatlarining barchasini qoplaydi.

ICBA Xalqaro markazi esa ilmiy-texnikaviy hamkor sifatida Xalqaro innovatsiya markazi xodimlariga viza berilishi, ularning Dubay shahrida joylashishi va ilmiy stajirovkani tashkil qilish tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari BAAda qo‘llanayotgan innovatsion texnologiyalarni o‘rganib, olgan tajribalarini Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan kompleks ishlarni amalga oshirishda qo‘llaydi.

Mutaxassislar bir yarim oylik safar davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Masdar Siti ekoshahri bilan tanishadi, agrobiznes uchun muvaffaqiyatli inkubatorlarni tashkil qilish, suv va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarda o‘quv-amaliyot kurslarini o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют