» » O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi davra suhbati o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi davra suhbati o‘tkazdi


Nukusdagi BMT Taraqqiyot dasturi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi faoliyatining dastlabki bosqichiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Nukus pedagogika instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Meliorativ ekspeditsiya, Urug‘chilik rivojlantirish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Gidrometeorologiya bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Unda keng jamoatchilik Xalqaro innovatsion markazning faoliyati bilan tanishtirildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir davomida markazning tashkil topishi va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek tuzga chidamli o‘simliklar ekilgan Mo‘ynoqdagi tajriba yer maydonlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismida turli tashkilotlardan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z sohalaridagi yutuqlar haqida ma’lumot berdi, Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi faoliyatini takomillashtirishga oid fikr-mulohazalarini bildirib, kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha taklif va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi. Eng dolzarb ekologik muammolar muhokama qilinib, zarur tavsiyalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют