» » O‘zbekistonda 2019-yilda 478 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2019-yilda 478 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi


2019-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida O‘zbekistondagi har bir tumanda 3 tadan qishloq (mahalla)da bunyodkorlik ishlari olib boriladi. Bu Prezidentning “Obod qishloq” dasturini 2019- yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Mazkur hujjat bilan 2019-yilda dastur doirasida quyidagilar:

Mamlakatning 159 ta tumanida 1,6 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari;

amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun sarflanishi rejalashtirilgan 4,8 trillion so‘m miqdoridagi xarajatlarning moliyalashtirish manbalari;

umumiy uzunligi 5 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar)ni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari;

1,3 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan qishloqlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari;

36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 458 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaxshilash chora-tadbirlari;

aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda umumiy qiymati 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlar;

ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari;

361 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimini yaxshilash chora-tadbirlari;

214,2 mingta yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar;

1 182 ta ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash chora-tadbirlari hamda 378 ta ko‘p xonadonli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish chora-tadbirlari;

280 ta maktabgacha ta’lim, 510 ta maktab, 237 ta sog‘liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash chora-tadbirlari;

jami 2 532 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va ta’mirlash yuzasidan chora-tadbirlar;

irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan, 296 kilometr irrigatsiya va 1 538 kilometr melioratsiya ob’ektlarini qurish va ta’mirlash, 584 kilometr irrigatsiya ob’ektlarini tozalash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

talab etiladigan asosiy turdagi qurilish va pardozlash materiallari to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar;

dastur parametrlari ijrosini o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют