» » Astronomlar Neptunning 14-yo‘ldoshi borligini rasman isbotladi

Astronomlar Neptunning 14-yo‘ldoshi borligini rasman isbotladi


AQShning SETI institutining bir guruh olimlari Neptunning 14-yo‘ldoshi mavjudligini rasman isbotladi. Tegishli maqola Nature jurnalida chop etilgan, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

“Xabbl” kosmik teleskopi yettinchi ichki oyni aniqlagan bo‘lib, u o‘rtacha radiusi 17 kilometr bo‘lgan boshqa oltitasiga nisbatan kichikroq.

Qayd etilishicha, astronomlar yo‘ldoshning mavjudligi haqidagi dastlabki izlarni 2013-yilda Quyosh tizimidan uzoqda joylashgan va zaif sayyoralarni qidirish algoritmini tekshirish vaqtida aniqlagan.

Ushbu algoritm asosida sayyoralar va ularning oylari bir nuqtada qoluvchi turg‘un kosmik obyektlar, masalan yulduzlardan farqli ravishda muayyan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib, bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tishi prinsipi yotadi. O‘z navbatida ularning harakatini aniqlash uchun bir osmon jismining turli vaqtlarda olingan bir necha suratlarini taqqoslash kerak bo‘ladi.

Topilmaga S/2004 N 1 deb nom berilgan bo‘lib, uning mavjudligini isbotlash ishlari boshlangan. 2016-yilning o‘zidayoq “Xabbl” teleskopi yordamida bir nechta kuzatish ishlari olib borilgan. Olimlar uning 20 ga yaqin suratini olishga erishgan va bu suratlar dalil sifatida xizmat qilgan. Obyektga Gippokamp deb nom berilgan.

Olimlarning fikricha, u bir necha yillar avval kometa urilishi natijasida ajralib qolgan Neptunning eng yirik ichki yo‘ldoshi Proteyning bir qismi bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют