» » Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining tirband bo‘laklaridan birida qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi

Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining tirband bo‘laklaridan birida qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi


Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasining Moliya instituti binosi asosiy darvozasi oldida avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi.

Xabar berishlaricha, ushbu qayrilish joyi poytaxt hokimligi va Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan ochilgan.

“Yangi qayrilib olish joyining ochilishi avval mavjud bo‘lgan tirbandliklarni qisman kamaytirish imkonini beradi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida.

Avvalroq Amir Temur shoh ko‘chasining Navoiy shoh ko‘chasiga kesishmasiga yaqin joyda qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochilgani haqida xabar berilgan edi. Yaqin vaqt ichida Kichik halqa yo‘lida Lutfiy ko‘chasi bilan chorrahada (Foziltepa ko‘chasidan kelish yo‘nalishida) hamda Foziltepa ko‘chasi bilan chorrahagacha bo‘lgan qismda ham qayrilib olish joyi paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentning Amir Temur ko‘chasida Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют