» » Kim Chen In Tramp bilan uchrashish uchun maxsus poyezdda Xanoyga yo‘l oldi

Kim Chen In Tramp bilan uchrashish uchun maxsus poyezdda Xanoyga yo‘l oldi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun maxsus poyezdda Vyetnam poytaxti Xanoyga jo‘nadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Poyezd Pxenyan vokzalidan 23-fevral, kunning ikkinchi yarmida jo‘nadi. Shimoliy Koreya yetakchisiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Li Yen Xo, qurolli kuchlar vaziri No Gvan Chxol hamda Kim Chen Inning singlisi Kim Ye Chjon hamrohlik qilmoqda.

Yaponiya va Janubiy Koreya OAVlariga ko‘ra, Kim Chen In tushgan poyezd Xitoyga yetib kelgan. Poyezd 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:10 da chegarani kesib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilarining hisob bo‘yicha ikkinchi uchrashuvi 27—28-fevral kunlari Xanoyda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют