» » Toshkentda Spark kapoti ustida “sayr qildirgan” yigit emas, qiz ekan. IIBB ularni jarimaga tortdi (video)

Toshkentda Spark kapoti ustida “sayr qildirgan” yigit emas, qiz ekan. IIBB ularni jarimaga tortdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarlarda Toshkentda Spark haydovchisi avtomobili kapoti ustida kimnidir sayr qildirgani aks etgan video tarqalgan, foydalanuvchilar kapot ustida yigiti bilan janjallashgan qiz bo‘lsa kerak deb taxmin qilgandi.

Toshkent shahar IIBB ularning shaxsini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 23-fevral kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida 20 yashar Spark haydovchisi Laura Sh. avtomobili kapotida tanishi Nikolay P.ni “sayr qildirgan”. Bu bilan uning hayotini xavf ostiga qo‘ygan, shuningdek, yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari uchun qaltis vaziyatni keltirib chiqargan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi Laura Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (“Haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi”), Nikolay P.ga nisbatan esa 138-moddasi (“Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi”) bilan bayonnomalar tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют