» » Sergeli tuman IIBB jamoat joyda chekishni oldini olish bo‘yicha aeroportda tadbir o‘tkazdi (foto)

Sergeli tuman IIBB jamoat joyda chekishni oldini olish bo‘yicha aeroportda tadbir o‘tkazdi (foto)


Sergeli tumani Ichki ishlar organlari jamoat joyda tamaki mahsulotini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun buzilishining oldini olish yuzasidan aeroportda tekshiruv ishlarini olib bordi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, endilikda aeroportda chekish taqiqlangan joylar bilan chekish uchun mo‘ljallangan maxsus joylarni farqlashga yordam beruvchi yorliqlar yopishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-moddasi birinchi bandiga ko‘ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va xonalar bundan mustasno).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют