» » AQSh havo kuchlari Rossiya ustidan ikkinchi kuzatuv parvozini amalga oshirdi

AQSh havo kuchlari Rossiya ustidan ikkinchi kuzatuv parvozini amalga oshirdi


25-fevraldan 2-martgacha “ochiq osmon” xalqaro kelishuvni amalga oshirilishi doirasida Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniyaning birgalikdagi missiyasi Rossiya hududi bo‘ylab kuzatuv parvozini amalga oshiradi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Parvoz AQSh havo kuchlarining OS-135B kuzatuv samolyotida amalga oshiriladi, u Xabarovskdagi “Noviy” aerodromidan parvoz qiladi.

Bundan avvalgi “ochiq osmon” shartnomasi bo‘yicha Amerikaning Rossiya ustidan parvozi 23-fevral kuni amalga oshirilgan. Ushbu parvoz 2017-yilning noyabridan buyon birinchisi bo‘lgan.

Ushbu shartnomaga asosan 25-fevraldan 1-martga qadar Rossiyaning “An-30B” kuzatuv samolyotida K?ln—Bonn “ochiq osmon” aerodromidan Germaniyaning hududida kuzatuv parvozi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu 2019-yilda shartnomaga a’zo davlatlar hududida Rossiya samolyotlarining uchinchi kuzatuv reysi bo‘ladi.

“Ochiq osmon” shartnomasi 1992-yil 24-mart kuni Xelsinki shahrida 23 ta YeXHTga a’zo davlatlar vakillari tomonidan imzolangan. Rossiya ushbu shartnomani 2001-yilning may oyida ratifikatsiya qilgan. Shartnoma ishtirokchilari harbiy harakatlar ustidan nazorat uchun kelishilgan yo‘nalishlar bo‘ylab parvoz qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют