» » Termizda zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi

Termizda zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-yilning 5—10-aprel kunlari Termiz shahrida o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Termiz xalqaro aeroportining qabul qilish qobiliyatini yanada oshirish, mahalliy va xalqaro reyslar yo‘lovchilariga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilash maqsadida yangi yo‘lovchi terminalini qurish, mavjud perronni kengaytirish, aeroport hududi va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Zamonaviy aeroport majmuasini qurish va hududlarni obodonlashtirish ishlari “Termiz ta’minot” hamda “Saodatbonu Aziza Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют