» » Samarqandda 26—30-avgust kunlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi

Samarqandda 26—30-avgust kunlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi


Samarqandda 2019-yilning 26—30-avgust kunlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Bu Prezidentning “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Festival bu yil o‘n ikkinchi marotaba o‘tkaziladi.

Uning doirasida “Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi .

Festival nufuzini yanada oshirish, dunyo hamjamiyati e’tiborini O‘zbekiston musiqa madaniyatiga jalb qilish maqsadida xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus davra suhbati, taqdimot va mahorat darslari o‘tkaziladi.

Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagi tartibda qoplanadi:

70 foizi — Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida;

30 foizi — Samarqand viloyati mahalliy budjeti, homiylik xayriya mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют