» » David de Xea klubini o‘zgartirishi mumkin

David de Xea klubini o‘zgartirishi mumkin


“Manchester Yunayted” ispaniyalik darvozabon David De Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisholmadi. Bu haqda Evening Standart xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Angliya klubi darvozabonga yiliga 20,4 million yevrolik shartnoma taklif qildi, ammo futbolch rad javobini bergan. Ispaniyalik dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi darvozabon bo‘lishi mumkin, u yuqori maoshli yangi shartnoma tuzish istagida. Ammo de Xea aniq mablag‘ miqdorini oshkor qilganicha yo‘q.

28 yoshli de Xea 2011-yilda “Manchester Yunayted”ga Madridning “Atletiko” klubidan 25 million yevro evaziga o‘tgandi.

Joriy mavsum u APLda 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 35 ta gol o‘tkazib yubordi. Futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2019-yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo klub futbolchi bilan yana bir yilga shartnomani uzaytirishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют