» » Martdan qimmatlashadigan to‘lov-kontrakt, bir-birining harbiy samolyotlarini urib tushirgan Hindiston va Pokiston, davlat xizmatchilarining maoshlari va kunning boshqa xabarlari

Martdan qimmatlashadigan to‘lov-kontrakt, bir-birining harbiy samolyotlarini urib tushirgan Hindiston va Pokiston, davlat xizmatchilarining maoshlari va kunning boshqa xabarlari


27-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston OTMlarida mart oyidan to‘lov-kontrakt narxlari oshadi.

2018-yil 13-oktabrdagi Prezident Farmoniga binoan, 1-noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorlari 10% ga oshirilgan edi.

Noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o‘quv yilining 2-yarmi uchun to‘lanadigan kontraktga ta’sir qiladi.

***

Hindiston va Pokiston bir-birlarining harbiy samolyotlarini urib tushirdi.

Pokiston Qurolli kuchlari vakili Asif Gafur Pokiston Harbiy havo kuchlari Hindistonning ikkita samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi. Voqea Pokistonning Kashmir viloyatida sodir bo‘lgan.

Keyinroq hind harbiylari Pokistonning F-16 samolyoti mamlakat havo hududiga bostirib kirgan deb hisoblab, uni urib tushirgan.

OAVga ko‘ra, hozirda Pokistonda 5 ta, jumladan, poytaxt aeroporti ham yopilgan. Hindistonda shimoliy hududlardan o‘tuvchi reyslar bekor qilingan.

Pokiston va Hindiston ustidagi havo kengliklaridagi murakkabliklar tufayli Air India va Aeroflot aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot O‘zbekistondagi havo hududida vaziyat yumshashini kutayotgan edi.

Shuningdek, Toshkent — Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytib kelgan edi.

***

O‘zbekistonda deputatlar, hokimlar, vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlarining maoshlari miqdori oshkor qilindi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi “Gazeta.uz” so‘rovi bo‘yicha davlat xizmatchilari oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

***

Namanganda joriy yil kuzida yana bir avtozavod ishga tushadi.

Popda UzFoton brendi ostida Xitoyning o‘rta sig‘imdagi yuk avtomobillari va mikroavtobusi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

***

GM Uzbekistan arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilayotgan firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o‘nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют