» » O‘zbekistonda 2018-yilda shakar ishlab chiqarish 85,5 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 2018-yilda shakar ishlab chiqarish 85,5 foizga kamaydi


O‘zbekistonda 2018-yilda natura shaklida shakar ishlab chiqarish o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 85,5 foizga kamayib, 68,8 ming tonnani tashkil etdi, pul shaklida — 82,2 foiz, 302,9 milliard so‘mgacha kamaygan. Bu haqda dividends moliyaviy yangiliklar agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Bugungi kunda O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikki korxona — “Xorazm shakar” AJ (sutkasiga 1 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega va qiymati 83,25 million dollar) va “Angren shakar” AJ (shu kabi quvvatga ega, qiymati 108,5 million dollar) faoliyat ko‘rsatmoqda.

2017-yilning ikkinchi yarmidan har ikkala korxona ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada kamaytira boshladi, shakar ishlab chiqarish 2018-yilga kelib to‘liq to‘xtatildi. Bunga 2017-yilning sentabrida milliy valyuta devalvatsiyasining o‘tkazilishi sabab bo‘ldi, u import qilinuvchi shakar xom ashyosi qiymatining keskin oshishiga olib keldi. Bunda o‘zbek bozorining shakarga bo‘lgan ehtiyoji 800 ming tonna atrofida bo‘lib, yillik o‘sish 3—5 foizni tashkil etdi.

2018-yilning noyabr oyi boshida “Xorazm shakar” AJ “O‘zsanoatqurilishbank”dan aylanma mablag‘larni to‘ldirish va shakar xom ashyosini xarid qilish uchun 20 million dollar miqdorida kredit olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют