» » Bundesliga. “Bavariya” safarda 5 ta gol urib, g‘alabaga erishdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” safarda 5 ta gol urib, g‘alabaga erishdi (video)


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 24-turi doirasida 6 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yini “Borussiya Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Diter Heking qo‘l ostidagi “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi Niko Kovach boshliq “Bavariya” klubi bilan kurashga kirishdi.

Bellashuvning 2-daqiqasidayoq “Bavariya” a’zosi Xavi Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqaga kelib Tomas Myuller jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 37-daqiqada esa Lars Shtindl “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi (2:1). Robert Levandovski 47—90+1-daqiqalarda gol urib dublga erishgan bo‘lsa, Serj Gnabri (75) ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa myunxenliklar safarda Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasini yirik 5:1 hisobida mag‘lub etib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur turdan so‘ng “Bavariya” ochkolar soni bo‘yicha “Borussiya Dortmund”ga yetib oldi. Ikkala jamoada ham 54 ochkodan mavjud.

Bundesliga

24-tur bahslari

2-mart, shanba

Gollar: 0:1 — 35 Lukebakio, 0:2 — 62 Kovnatski, 0:3 — 68 Raman, 0:4 — 84 Kovnatski

Gollar: 1:0 — 4 Arangis, 2:0 — 73 Beyli

Gollar: 1:0 — 20 Kostich, 1:1 — 43 Joelinton, 1:2 — 60 Belfodil, 2:2 — 89 Haller, 3:2 — 90 Pasiyensiya

Gollar: 0:1 — 46, vatogol, Stark, 1:1 — 50 Gruich, 2:1 — 60 Stark

Gol: 0:1 — 40 Klostermann

Gollar: 0:1 — 2 Martines, 0:2 — 11 Tomas Myuller, 1:2 — 37 Shtindl, 1:3 — 47 Levandovski, 1:4 — 75 Gnabri, 1:5 — 90+1, penalti, Levandovski

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 04:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют