» » O‘zbekistonda yoshlar mavzusini yoritadigan jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda yoshlar mavzusini yoritadigan jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovi e’lon qilindi


“Yoshlar media markazi” NNT jurnalist va blogerlar uchun mini-grantlar tanlovini e’lon qildi.

Mini-grantlar bugungi o‘zbek yoshlari hayotiga oid tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy so‘rov yoki statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan, xolis xulosa, haqqoniy baho, amaliy taklif va mulohazalarni o‘z ichiga olgan, “tosh bosuvchi” materiallar uchun ajratiladi.

Mini-grant olish uchun muallif quyidagilarni taqdim etishi kerak (bitta Word faylga jamlab yuborish zarur) :

mavzu (materialdan o‘rin oladigan asosiy ma’lumotlar);

hudud (agar xizmat safariga chiqish zarurati bo‘lmasa, shartmas);

mini-grant summasi;

kontakt ma’lumotlari.

Mini-grant summasi 500 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha. Material muhimligi, qamrov hududi kengligiga qarab summa miqdori ko‘payishi mumkin.

Tanlovga kelib tushgan eng ma’qul takliflardan har oyda 10 tasi saralab olinadi va ularga mini-grant ajratiladi.

Bog‘lanish uchun Telegram raqam: +99899 8981845.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют