» » Buxoroda hokimlikka tegishli uyni sotmoqchi bo‘lgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi

Buxoroda hokimlikka tegishli uyni sotmoqchi bo‘lgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi


Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A (ayol) shu ko‘chada yashovchi H.Qga o‘zi yashab turgan Buxoro shahar hokimligining uy-joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish korxonasi balansida bo‘lgan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 5-B uydagi xonalardan birini uning nomiga rasmiylashtirib berish va’da qiladi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Buning evaziga H.Qdan 6500 AQSh dollari berishini aytadi. 2019-yil 24-yanvar kuni shundan 100 AQSh dollarini olib, 1-mart kuni taxminan soat 15:00larda Buxoro shahri hududida qolgan 6400 AQSh dollarini olgan vaqtida Departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют