» » Sobiq adliya vaziri Muzraf Ikromov Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi

Sobiq adliya vaziri Muzraf Ikromov Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi


Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi xabar bermoqda.

Muzraf Ikromov bugun, 4-mart kuni yangi jamoaga tanishtirildi.

Boshqarmaga O‘zbekiston Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromov tayinlangan. Xabarga qo‘shimcha qilinishicha, ayni kungacha Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Salohiddin Nuriyev Samarqand viloyati Adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida Muzraf Ikromov 2015—2017-yillarda Adliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi farmoni bilan Hisob palatasi raisi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют