» » Mobil bioprinter jarohatlarni davolashga ko‘maklashadi

Mobil bioprinter jarohatlarni davolashga ko‘maklashadi


Mobil bioprinter jarohatlarni davolashga ko‘maklashadi. “Texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, bu mobil tizim va uning yordamida bemor joylashgan joyning o‘zida terisidagi katta hajmdagi yaralarni kerakli hujayralani u yerga joylashtirish uchun skanerlash, davolash mumkin”, — deydi tadqiqotning asosiy muallifi Shon Myorfi.

Teri hujayralarining ko‘p qismini fibroblastlar va epidermal keratinotsitlar tashkil qiladi. Ularni to‘qimadan olingan biopsiya materialidan osonlik bilan ajratish va ko‘paytirish mumkin. Fibroblastlar — hujayradan tashqarida matriksni va kollagenni sintezlovchi hujayralar, ular jarohatning bitishida asosiy rolni o‘ynaydi. Keratinotsitlar — teri tashqi qavatini hosil qiluvchi hujayralar. Bu hujayralar gidrogelda aralashtiriladi va bioprinterga joylashtiriladi. Apparat jarohatni skanerlaydi va qavatma-qavat qayerga, qanday hujayralar, qancha miqdorda, kerakligini aniqlab beradi. Operatsiyadan keyin esa terining normal strukturasi tiklanishi tezlashadi.

Tadqiqotchilar tizimning tajriba variantini ko‘rsatib berdi, lekin teri klinikagacha bo‘lgan modellarda chop etiladi. Keyingi qadam — odamlarda klinik tekshiruvlarni o‘tkazish. Hozirgi kunda terini ko‘chirib o‘tkazish jarohatlar va kuygan terini davolashda “oltin standart” hisoblanadi. Lekin bunda sog‘lom terini topish muammo. Donor terisini ko‘chirib o‘tkazish mumkin, lekin bemor immun tizimi uni qabul qilmasligi va ko‘chirib o‘tkazilgan teri ko‘chib tushish ehtimoli yuqori. Yangi printer esa bemorning o‘z hujayralaridan foydalanadi va unga nisbatan immun reaksiya kuzatilmaydi.

“Yangi texnologiya katta potensialga ega, shundoq ham jarohat va kuyishdan azob chekayotgan bemorga bundan keyin og‘riqli teri ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti qo‘llanilmaydi. Mobil bioprinter katta hajmli yaralarni davolashda tezlik bilan yordam ko‘rsatishni va u uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytiradi”, — deydi Entoni Atala.

Surunkali, katta, davolab bo‘lmaydigan yaralar, misol uchun, diabetdagi yotoq yaralar uchun bu davo usuli yuqori baholanadi, sababi — ularni davolash uchun ko‘p martalik terapiya kerak bo‘ladi. Bundan avval esa kesib tashlangan barmoq ikki oqsil yordamida qayta tiklangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют