» » Jamoatchilik kengashi Toshkentdagi himoyaga muhtoj obyektlar ro‘yxatini tuzdi

Jamoatchilik kengashi Toshkentdagi himoyaga muhtoj obyektlar ro‘yxatini tuzdi


Toshkent hokimiyati huzuridagi jamoatchilik kengashi faollari poytaxtdagi tarixiy qiyofasini saqlab qolgan va himoyaga muhtoj 100 ta bino va obyekt ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Kengash faollari Toshkent aholisi uchun qadrli bo‘lgan va sayyohlar e’tiborini tortadigan, o‘ziga xos tarixiy qiyofasini saqlab qolgan shaharning 100 binosining ilk ro‘yxatini tuzdi. Ular tezkorlik bilan o‘rganib chiqilishi hamda bino nomlari (hali ro‘yxatga kiritilmagan) O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari sifatida Davlat kadastriga kiritilishiga umid bildiramiz”, — deyiladi jamoatchilik kengashi bayonotida.

Ro‘yxatga, jumladan, arxitekturaviy va tarixiy ahamiyatga ega Toshkent kurantlari, “Turkiston” saroyi yaqinida Anhor ustidan o‘tgan ko‘prik, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (sobiq Pedagogika instituti), Toshkent fotosuratchilar uyi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, Markaziy telegraf, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari binolari, qator turar-joylar o‘rin olgan.

“Shahar tarixi hamda madaniyatini o‘zida aks etgan tarix, an’ana va qadriyatlarni ifodalovchi me’moriy yodgorliklarning izsiz yo‘qotilishi Toshkent shahrining eng og‘riqli muammolaridan biridir, — deyiladi bayonotda. — Shahar Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasining ‘Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish’ qonuniga muvofiq, Madaniyat vazirligi va shahar hokimligini me’moriy yodgorliklar va shaharning tarixiy qiyofasini saqlab qolishga chorlaydi hamda zarur chora-tadbirlarni qo‘llashga chaqiradi”.

Jamoatchilik kengashi fuqarolardan keyingi avlod uchun o‘ziga xos qadriyat hisoblangan me’moriy inshootlar, tarixiy binolarning manzili, ular haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni so‘ramoqda.

Shahar aholisi va mehmonlaridan bularni tasdiqlovchi hujjatlar va fotosuratlar, manbalarni keltirish so‘raldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют