» » Toshkentdagi Oltintepa va Sho‘rtepa yodgorliklarining faqat nomi qolgani qayd etildi

Toshkentdagi Oltintepa va Sho‘rtepa yodgorliklarining faqat nomi qolgani qayd etildi


“Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi tomonidan mamlakatning barcha hududlaridagi madaniy meros obyektlarining bugungi holati, ularni bus-butunligicha saqlab qolish, qayta ta’mirlash ishlariga ko‘maklashish, egalik huquqi, texnik holati, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganlik darajasi, foydalanish holatlarini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Partiya Toshkent shahar kengashi, tegishli vazirlik, davlat qo‘mitalari vakillari hamda shahar va tuman kengashlari deputatlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan poytaxtda ham bu borada amaliy choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston madaniyat vazirligi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Toshkent shahar bo‘yicha davlat inspeksiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda 346 moddiy, madaniy meros obyektlari ro‘yxatga olingan. Ulardan 23 tasi arxeologik, 291 tasi arxitektura, 33 tasi monumental san’at yodgorliklari hamda 3 tasi diqqatga sazovor joylardir.

O‘rganishlar jarayonida ayrim madaniy meros obyektlarining manzili o‘zgargan bo‘lsa, ayrimlari ta’mirga muhtoj, muhofaza hududlari bilan chegaralanmagan, kadastr hujjatlarida kamchiliklar, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmaganligi kabi muammolar ko‘zga tashlandi. E’tiborsizlik sabab ular orasida bugun yo‘qolib ketish darajasiga kelib qolganlari ham bor. Ming afsuski, ayrimlarini yo‘qotib ham bo‘lganmiz.

Madaniy meros obyektlarining Mirzo Ulug‘bek tumani kesimida o‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, IV-VIII asrlarga tegishli bo‘lgan Oltintepa hamda tarixi X-XII asrlarga borib taqaladigan Sho‘rtepa arxeologik yodgorliklarining bugun manzili, mahalla, ko‘chalar nomi qolgan xolos. Tarixiy obyektlarning o‘rnida yo‘l va aholi turar joylari qurilgan.

Toshkent shahrida madaniy meros obyektlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют