» » Xorazm lazgisi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Xorazm lazgisi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin


O‘zbek xalqining umrboqiy an’ana va ibratli qadriyatlari, go‘zal urf-odatlari, hunarmandchiligi aks ettirilgan “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar beradi O‘zA.

“O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” kitobi o‘zbek va ingliz tillarida chop etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrda qabul qilingan “2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori YuNESKOning “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiyasi mazmuniga hamohangdir, deyiladi xabarda.

Mazkur hujjatlarga asosan madaniyat vazirligi tomonidan nomoddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxati tayyorlangan. Bugungi kunda jami oltita obyekt – Boysun madaniy muhiti, “Shashmaqom”, katta ashula, Navro‘z, askiya san’ati, palov tayyorlash an’analari YuNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. 2018—2019-yillarda YuNESKO reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun O‘zbekistondan 2017-yilda taqdim etilgan Xorazm raqsi – lazgi ko‘rib chiqiladi.

YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib, YuNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros sohasidagi xalqaro axborot va hamkorlik markazi moliyaviy ko‘magida va Samarqanddagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkiliy yordami asosida nashr etilgan “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” kitobi tadqiqotchilar, olimlar, talaba-yoshlarga, umuman, qiziquvchan barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют