» » Lola Karimova-Tillayeva Ozbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunladi

Lola Karimova-Tillayeva Ozbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunladi


Lola Karimova-Tillayeva Facebookdagi sahifasida Ozbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi hamda otgan 10 yil mobaynida vakolatxona amalga oshirgan loyihalar haqida aytib otdi.

Bugun mening Ozbekistonning YuNESKOdagi elchisi vazifasidagi songi ish kunim. On yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men ushbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanishgan va birga ishlagan insonlar hamda eng muhimi oz ona vatanimga xizmat qilish imkoniyatiga ega bolganimdan behad mamnunman. Ortga nazar solar ekanman, vakolatxonamiz amalga oshirgan yorqin loyihalarni yod olaman.

Ozbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi 20082017-yillardagi faoliyati mobaynida Navroz xalq bayrami, Katta ashula, ozbek palovi ananalari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi royxatiga kiritildi. 2016-yili dunyodagi eng katta tog tizmalaridan biri, Qozogiston, Qirgiziston va Ozbekiston hududini qamrab olgan Garbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros royxatiga kirildi. 2017-yil dekabr oyida atlas va adras toqish ananaviy texnologiyasi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash boyicha ilgor tajribalar royxatidan joy oldi.

Men YuNESKOdagi elchilik vazifasini tark etishga qaror qilgan bolsam-da, madaniyat, talim, ilm-fan va atrof muhitni asrash sohasidagi loyihalarga oid faoliyatimni davom ettirish niyatidaman.

Men, shuningdek, Sen yolgiz emassan xayriya jamgarmasi ishini davom ettirish, va ogir yurak xastaliklari bilan ogrigan bolalarga fransuz shifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini otkazish boyicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadidaman. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boshqa ozbekistonlik bolalarga komak dasturlarini davom ettiramiz.

Lola Karimova-Tillayeva



Manba: Daryo.uz
: admin (2-02-2018, 11:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -