» » 25—27-aprel kunlari Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi

25—27-aprel kunlari Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 25—27-aprel kunlari Toshkentda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor Adliya vazirligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Tashkent Law Spring, ya’ni “Toshkent huquq bahori” xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kun tartibidagi asosiy mavzu — “Huquq jadal modernizatsiya davrida”. Bu haqda 2019-yilning 4-mart kuni bo‘lib o‘tgan press-brifing chog‘ida forum tashkiliy qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Forum doirasida davlat organlari, xalqaro, milliy va xorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy va ekspert doiralari vakillari jadal modernizatsiya davrida huquqni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik ilm-fani va amaliyotining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniga ega bo‘ladi.

Tashkent Law Spring forumi dasturi doirasida davlat boshqaruvi, zamonaviy yuridik fani va amaliyoti, shuningdek “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsiya siyosati” kabi yo‘nalishlarning dolzarb jihatlari atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, dasturdan O‘zbekiston sarmoya muhiti taqdimoti, mavzuga doir mahorat darslari va davra suhbatlari o‘rin oladi. Tadbir doirasida “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi”, “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” kabi nominatsiyalardagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Spikerlar sifatida Vena xalqaro arbitraj markazi bosh kotibi Elis Fremut-Volf, Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi, White&Case xalqaro yuridik firmasi hamkori Kerolin Lemm, BMTTD Korrupsiyaga qarshi kurashish global dasturi maslahatchisi Angi Timilsin va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Maxsus yaratilgan tashkentlawspring.uz saytida ishtirokchilarni onlayn ro‘yxatga olish amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar dunyoning turli mamlakatlaridan 300 ga yaqin ariza kelib tushdi. Forum tadbirlari o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Shunga o‘xshash tadbirlardan forumning eng asosiy farqi unda har qanday shaxs saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirok etishi mumkin. Ya’ni tinglovchilar doirasi cheklanmagan.

Forumda qatnashish pulli bo‘lib, uning saytida ishtirok etish shartlari keltirilgan. Xususan, unda ishtirok etish istagida bo‘lganlar ikki xil paketda, ya’ni “to‘liq paket” va “maxsus paket”lar asosida to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

“To‘liq paket”ning bahosi — 3 000 000 so‘m (2019-yil 25 -martgacha ro‘yxatdan o‘tilganda – 2 500 000 so‘m);

“Maxsus paket”ning bahosi — 1 100 000 so‘m (2019-yil 25-martgacha ro‘yxatdan o‘tilganda – 900 000 so‘m).

Korporativ tartibda ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun imtiyozlar belgilangan. Bunda “Maxsus paket” faqatgina Forumning ishchi tadbirlarida qatnashishni nazarda tutsa, “To‘liq paket” ishchi tadbirlaridan tashqari kechki ovqat bazmida ham ishtirok etishni nazarda tutadi.

Brifing davomida joriy yilning 1 martidan boshlab Tashkent Law Spring forumida ishtirok etish va yoritish uchun milliy va xorijiy OAVlar vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi. Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati — 15-aprel.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют