» » Bojxonada tadbirkorlar uchun “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar to‘liq ishga tushdi

Bojxonada tadbirkorlar uchun “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar to‘liq ishga tushdi


2019-yilning 1-martidan e’tiboran O‘zbekiston bojxona nazoratida “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar ishga tushirildi, deya xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yangi tizimni to‘laqonli amalga kiritish orqali “yalpi” bojxona nazoratini o‘tkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati quyidagi yo‘laklardan biriga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu tizim tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining o‘tkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati xajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar endilikda Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona.uz sayti orqali bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yo‘lakka joylashtirilganligi to‘g‘risida real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют